Ayriliq haqida sara sherlar to‘plami
Ayriliq haqida sherlar to‘plami. Yolg’izlik sevishni o’rgatsa, ayriliq- qadrlashni o’rgatadi.

Buyuk armon bo‘laman

Qaylarda, kim bilan vaqting chog‘ bugun.
Yurgan yo‘llaringda kim o‘rtoq bugun.
Yuraging qalbimga ko‘p uzoq bugun.
Hozircha yodingda yomon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
Yo‘lingga to‘shadim oshiq ko‘nglimni.
Tosh diling sezmadi hasta dilimni.
Kulgu-la o‘ynading borim sevgimni.
Yuraging sezmagan tug‘yon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
G‘ururim bir chetga surib qo‘ygandim.
Sen uchun hokisor, g‘arib bo‘lgandim.
Qadrim yerga o‘zim ko‘mib qo‘ygandim.
Bilmading. Endi qadri osmon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
Tuyg‘ular yuraging g‘ashlab ketganda.
Bevafo ko‘zlaring yoshlab ketganda.
Kimdir yurib-yurib tashlab ketganda.
Qalbingga qadalgan paykon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
Salomlashish haqida sherlar to‘plami
Sevganim o’zganing yori

Yurakda dard ko’ksimga og’irlik qilar.
Vujudim yonmoqda irodam sinar.
Ey do’stlar holatimni Kim ham bilar.
Kuyganim befoyda faryod-u zorim.
Men sevgan qiz afsus o’zganing yori.
Yig’lamay desam ham ko’zim yosh namli.
Bu yoshlar ma’noli, achchiq alamli.
Yolg’izlik onlari azobli, g’amli.
Rostlanmay egildi sevgim viqori.
Men sevgan qiz afsus o’zganing yori.
Bir-biriga mosdur chiroyli juftlik.
Menga-chi yolg’izlik hamda baxtsizlik.
Shu ekan taqdirim bu ne ko’rgilik.
Yiqildim cho’kyapman zalolat sari.
Men sevgan qiz afsus O’zganing yori.
Bilaman xatodir, nima qilayin.
Madorsiz so’nyapman u siz kunsayin.
Ketyapman So’ngi bor so’zin tinglayin.
Axir u bir baxtlining Nomus ori.
Men sevgan qiz afsus o’zganing yori.
Tangrim menga madad bergin sabr bergin.
Yaralangan singan qalbga taskin bergin.
Suygan bandangga bunchalar azob berding.
Taqdirimga shu kunlarni bitganmiding.
Birga bo’lolmasak nega uchrashtirding?
Nima qilay axir aytinglar

Yuragim bezovta yolg’izlik dardi,
Menga bu tagdir ham sinovin berdi,
Qiyinchiliklar meni jonimi oldi,
Nima qilay, nima qilay aytinglar!
Azoblardan hech ham kulolmayapman,
Bir insonni yurakdan sevolmayapman,
Nima bo’ldi menga bilolmayapman,
Nima qilay, nima qilay aytinglar!
Menga endi dunyoni qizig’i ham yo’q,
Bir marta beriladi bu go’zal hayot,
Qayg’ulardan to’ldi yuragimga azob,
Nima qilay, nima qilay aytinglar!
Sensizlikka ko’nikmay bildim

Yulduzlari ichikib qoldi.
Maxzun endi oysiz osmonim.
Sensizlikka ko’nikmay bildim.
Qanday ekan mensizlik , jonim?
Ana, ko’zim ko’zingdan o’tdi.
Qo’y, yashirma titroqlaringni.
Xato qilding, o’zingdan o’tdi.
Tishlayapsan barmoqlaringni!
Endi nurga begona yuzing.
Quyoshingni ranglari qani?
Sig’mayapsan o’zinga o’zing.
Xayotingni tonglari qani?
Kech tushunding dimog’ing sindi.
Yongan g’amga o’tin ekansan.
Yuragingni yarmi yo’q endi.
Mening bilan butun ekansan.
Kechalaring o’zingdan g’arib.
Armonlaring o’zingdan katta.
Yuraginga termulib turib.
Yig’layapsan biri necha marta.
Uxlab qolgan tunlarning haqqi.
Mening o’rnim boshqa — bo’lakman.
Yig’lab tolgan tunlarning haqqi
Men, bari bir, SENGA KERAKMAN!
Armon bo’lding

Seni ko‘rsam bahordayin yashnar edim,
Bu dunyoda seni deb men yashar edim,
Bu orzular hech ushalmas bilar edim,
Armon bo‘lib qolding menga, muhabbat!
Aqlimga hech quloq solmas bu ko‘ngil,
Sevgisidan voz kecholmas bu ko‘ngil,
Ishq mayidan hech qonolmas bu ko‘ngil.
Armon bo‘lib qolding menga, muhabbat!
Soch oqargan va lek ko‘ngil navqiron,
Telba ko‘ngil homon ishqingda giryon,
Eh voh, netay vaqtning o‘tishi oson,
Armon bo‘lib qolding menga, muhabbat!.
Samandarman! hijroningda kuydim men,
Tanlab-tanlab seni jonim sevdim men,
Ey ters dunyo bugun sendan to‘ydim men,
Armon bo‘lib qolding menga, muhabbat !
Bugun yoshim o‘ttizdan ham oshdiku,
Menla seni takdir qayga sochdiku.
Hijron yana dil yaramni ochdiku,
Armon bo‘lib qolding menga, muhabbat!
Gul yuzingni ko‘rdim yana o‘shanday,
Navnihol yosh bir lahzaga qaytganday,
Qalbim og‘rir nimanidir sezganday,
Armon bo‘lib qolding menga, muhabbat!
Sen qalbimni azoblama shum takdir,
Shoir dardin so‘roqlama shum takdir,
Tan bermayin qayga boray ey taqdir,
Armon bo‘lib qolding menga, muhabbat!
Nasib etmagan sevgi

Umr bo‘yi hamroh armonlar.
Bahor chog‘i bog‘da xazonlar.
Dil so’zlarin sotgan arzonlar.
Menga nasib etmagan sevgim.
Olis bolalikning yo‘lida.
Dasta gullar qolgan qo‘lida.
Boshqa bo’lgan qizning ko‘nglida.
Menga nasib etmagan sevgim.
Tunlarimni ulab tonglarga.
Ohlar urdim keng samolarga.
Orzo’larim berdim yillarga.
Menga nasib etmagan sevgim.
Goh gohida keladi kulgim.
Bir kun men ham zo’r xofiz bo’lgum.
O‘zing shuni tanlading mayli.
Menga nasib etmagan sevgim.
Sensizlikka o’rganib qoldim

Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim,
Ungacha ayriliq o’tida yondim.
Hammadan, hattoki o’zimdan toldim,
Endi sensizlikka o’rganib qoldim.
Lek hamon yolg’izman yo’qsan yonimda,
Misli bir azobsan yarim jonimda.
Endi iloji yo’q qaytish yoninga,
Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim.
Endi faqat va’dalaring qiynar meni,
Sog’inaman har erta tong o’ylab seni.
Tashlab ketding, o’ylamading jonim meni,
Yolg’izginam, sensizlikka o’rganib qoldim.
Seni jonim, dunyolarga alishmasdim,
Sendan boshqa go’zallarni hech ko’rmasdim.
O’zga bilan ketishingni men bilmasdim,
Sen yo’q mana sensizlikka o’rganib qoldim.
Jonim, seni baxtga to’lib sevgandim,
Allox guvox chin dilimdan sevgandim.
Sevgimizni qadriga yetasan deb bilgandim,
Endi kechdir, sensizlikka o’rganib qoldim.
Mana bugun ajraldik biz ikki tomon,
Ko’rolmasdan sog’inaman seni yomon.
Endi senga qaytolmayman sevsamda hamon,
Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim.
Yurak ham yolg’izlikka ko’na boshladi,
Menga aytgan so’zlaring ko’nglim g’ashladi.
Mendan ketmoqlikni ko’ngling hushladi,
Mayli ketgin, sensizlikka o’ganib qoldim.
Abdulla Qodiriy barcha sherlari
Sog’inmay qo’ydim
Ayriliq sababi rashk bo’lgan.
Sog’inchga sabrimni tutganman.
Hijronlar vaqt o’tib hal bo’lgan.
Men seni sog’inmay qo’yganman.
Armonni o’rgatgan azizam.
Ko’zingda o’zgani ko’rganman.
Hayoldan qo’ymagan bo’lsam ham.
Men seni sog’inmay qo’yganman.
Avvalar sen uchun o’lardim.
Bugun bu so’zimdan qaytganman.
Sog’insam oldinga borardim.
Bormadim…, sog’inmay qo’yganman.
G’ururim yengidi sevgimni.
Yolg’on so’zlaringdan to’yganman.
Topib ham bo’lganman tengimni.
Men seni sog’inmay qo’yganman.
Bevafo xiyonat qilding sen.
Ilk bora bir seni suyganman.
Seni bilmadim-ku, lekin men.
Umuman sog’inmay qo’yganman.
Bas qilgin tinchimni buzishni.
Qo’ng’iroq qilmagin to’yganman.
Bas qilgin ustimdan kulishni.
Men seni sog’inmay qo’yganman.
Kuyovlik libosim kafanlik kabi
Surnaylar chalinar, do’stlarim hurram.
Sana’tkorlar to’lgan uyimga.
Bo’g’zim bo’g’ilar qiladi alam.
Dabdaba shartmikan motam kunimga.
To’yxona to’rida o’zga yor bilan.
Ming afsus armonda o’tiribman men.
Yurakda muzim-u yuzda qor bilan.
Uch kishini o’ldiribman men.
Bugun kelin bo’lib o’tirgan dilbar.
Bilmaydi jasadga erga tekkanin.
Qalbimni ayamay azobda o’rtar.
O’ylamay aytilgan sho’r va’dalarim.
Senda ayib yo’q, u ham ayibsiz.
Men o’zim jallodman hammamiz uchun.
Rozi bo’lsin uchun ota-onamiz.
Endi umrimizda harkun qorakun.
Bugun to’yim emas- xayot vayrona.
Qilmishga yarasha jazolanyapman.
O’qilgan be o’xshov nikoxdan ko’ra.
Janozam o’qilsa bo’lmasmidi-a?
Kuyovlik libosim kafanlik kabi.
Chimildiq men uchun qabriston endi.











Sherlar juda ham namunali ajoyib va qiziqarli ekan, menga juda ham yoqdi…
Men haqimdagi sherlar ekan.Juda ham yoqdi