Musulmonlar tomonidan qilingan 19 g’aroyib kashfiyotlar
Ko’pchiligimiz bilmagan yoki Yevropadagi olimlar kashf etdi deb yurgan kashfiyotlar aslida musulmonlar tomonidan kashf etilganini bilasizmi? Quyida musulmon olimlarning hozirgi kunda mashhur bo‘lib ketgan kashfiyotlarini keltiramiz.

#1. Shaxmat. Shaxmat o‘yinini qadimgi hindlar davrida o‘ynashgan. Lekin o‘sha vaqtdagi o‘yin hozirgi kundagidan butunlay farq qilgan. Hozirgi o‘yin shakli Eronda paydo bo‘lib, Yevropaga tarqalgan. 10-asrda Ispaniyaga shaxmatni arablar olib kirishgan.
#2. Kamera. Qadimgi greklar ko‘zlardan nur chiqishi orqali inson ko‘ra oladi deb hisoblashgan. Aslida nurlarning ko‘zdan singishi orqali ko‘ra olishimiz haqida birinchi marta 10-asrda yashagan musulmon matematigi, astronom va fizigi Ibn al Xaytam dalillar keltirgandi. Darchadan tushib turgan nurni kuzatib, teshik qanchalik kichik bo‘lsa, tasvir shunchalik yaxshi ko‘rinishini o‘rganadi. So‘ngra birinchi kamera-obskura (“qamara” so‘zi arabchadan “qorong‘u yoki alohida xona” degan ma’noni anglatadi)ni kashf qiladi. Bundan tashqari, al-Xaytam birinchi bo‘lib, fizikani filosofiya fanlaridan tajribaviy fanlar qatoriga kiritadi.
#3. Kofe. Rivoyatlarga ko‘ra, arab millatiga mansub Xolid degan musulmon Efiopiyaning Kaffa degan joyida qo‘ylarini boqib yurardi. U qo‘ylarning muayyyan bir o‘simlik mevasini yeganidan keyin harakatchan bo‘lib qolayotganini payqaydi. Xolid bularni to‘plab, birinchi marta kofe qaynatadi. Kofening Efiopiyadan Yamanga eksport qilinishi haqidagi dastlabki ma’lumotlar mavjud. 15-asrga kelib, kofeni Makka va Turkiyaga olib kelishadi. U yerdan 1645 yili Venesiyaga keltiriladi. Angliyaga birinchi bo‘lib kofeni 1650 yili turk Paskua Rosi keltiradi va Londondagi eng birinchi qahvaxonani Lombard ko‘chasida ochadi. “Kofe” so‘zining kelib chiqish tarixi uzun. Arab tilidagi “qahva” kalimasi turkchada “kahve”ga aylanadi. Italiyaliklar esa uni “kaff” deb talaffuz qilishadi, bundan esa angliyaliklar “coffee”, ruslar “kofe” so‘zini keltirib chiqarishadi.
Tarixdagi eng g‘alati 10 ta soliq turlari
#4. Shampun va sovun. Har kuni yuvinish – musulmonning farzlaridan biri. Shuning uchun musulmonlar sovun tarkibini yaxshilash ustida ishlar olib borishadi. Ma’lumki, sovun qadimgi misrliklarda ham, rimliklarda ham bo‘lgan. Lekin aynan arablar uni o‘simlik yog‘i va xushbo‘y moddalar bilan aralashtirishadi. Angliyada shampun birinchi marta 1759 yili noma’lum bir musulmon Braytonda hammom ochganida paydo bo‘lgandi.
#5. Parashyut. Aka-uka Raytlardan ming yil avval musulmon shoiri, astronomi va muhandisi Abbos ibn Firnosga uchish vositasini ixtiro qilish fikri keladi. 852 yili u masjid tomidan keng plash kiyib sakraydi. Firnos xuddi qushlardek uchaman deb o‘ylagandi. Lekin amalga oshmadi. Uchish o‘rniga u asta-sekinlik bilan yerga tushdi. Shu tariqa birinchi parashyut paydo bo‘ldi. Firnos yetmish yoshiga kelganida o‘z ixtirosi ustida ishlab, yana sinovdan o‘tkazmoqchi bo‘ldi. U endi baland joydan, ya’ni tog‘dan sakraydi. U 10 daqiqa davomida havoda qolishga muvaffaq bo‘ladi. Lekin natijada yerga tushayotganida halok bo‘ladi. Buning sababi u uchish vositasiga dum ishlamagandi.
#6. Tirsakli val. Rotasion harakatni tekis harakatga aylantiruvchi tirsakli valni musulmon muhandisi al Jazariy kashf qiladi. Bu ixtiro mexanikaning eng muhim kashfiyotlaridan bo‘lib, hozirgi kungacha zamonaviy avtomobilsozlikda ishlatiladi. Bu ixtiro dastlab irrigatsiyada foydalanilgan. Muhandisning kitobidan ma’lumki, u ventil va klapanlarni takomillashtirgan, birinchi bo‘lib mexanik soatlarni kashf qilgan. Al Jazariyni robototexnikaning otasi deb aytsak ham bo‘ladi. Kodli qulflar ham uning ixtirosidir.
#7. Zamonaviy kimyo. Jobir ibn Xayyon – alkimyoni kimyoga aylantirgan olim edi. 9-asrda u hozirgi kungacha zamonaviy ilmda ishlatilayotgan jarayonlar, ya’ni distillyasiya, kristallashish, erish, rafinadlashish, oksidlanish, bug‘latish va filtrlashni kashf qiladi. Xayyon sulfat va nitrat kislotasini, bug‘latib ajratib olish apparatini, shu orqali atirlarda ishlab chiqarishdagi xushbo‘y moddalarni ixtiro qiladi.
#8. Jarrohlik asboblari. Ko‘plab zamonaviy jarrohlik asboblari, jumladan skalpel, tibbiy arralar, qisqichlar, ingichka qaychilar musulmon jarrohi al Zahraviy kashf qilgan shaklida qolgan. Aynan u jarrohlikda ichki tikishlarda ishlatiladigan ichakning organizmda tabiiy yo‘l bilan singib ketishini aniqlagan. 13-asrda Uilyam Garveydan 300 yil avval musulmon tabibi Ibn Nafis qon aylanish jarayonini tasvirlab bergan.
Shaxmat haqida sara qiziqarli malumotlar
#9. Cho‘qqisimon arka. Bunday arkalar Yevropadagi cherkovlarda muhim chizgilaridan bo‘lsa ham, aslida bu g‘oya musulmon arxitekturasidan olingan. Cho‘qqisimon arkalar rimliklar va normanliklar ishlatgan yarim doira arkalardan mustahkam bo‘lgan. Yevropa saroylari musulmon saroylarining nusxasi edi. Masalan, Genrix V saroyining arxitektori musulmon bo‘lgan.
#10. Shamol tegirmoni. Arablar bu tegirmonni 634 yili kashf qilishgan. Undan jo‘xori maydalashda va suv chiqarishda foydalanishgan. Arab cho‘llaridagi yagona energiya manbai bu shamol edi. Shamol oylab bir yo‘nalishda esardi. Musulmonlar bundan juda unumli foydalanishgan. Yevropada esa birinchi shamol tegirmonlari bundan 500 yil o‘tgach paydo bo‘ldi.
#11. Avtoruchka. Birinchi avtoruchkani 953 yili sulton uchun kashf qilishgan. Bu hozirgi kungacha hech o‘zgarmay yetib kelgan.
#12. Emlash. Birinchi bo‘lib emlashni Jenner yoki Paster emas, musulmonlar taklif qilishgan. Yevropaga emlash birinchi marta 1724 yili kirib keladi. Istambuldagi Angliya elchisining ayoli bunga e’tibor qaratganidan keyingina bu amalga oshadi. Yevropada vaksinatsiyani kashf qilishdan 50 yil avval Turkiyada yosh bolalarni chechakka qarshi emlashardi.
#13. Raqamlash tizimi. Hozirgi kunda ishlatiladigan raqamlar arab raqamlari deb ataladi. Chunki bular birinchi bor bosma shaklda yozilishi musulmon matematigi al Xorazmiy va al Kindiyning 825 yilgi ishlarida uchraydi. “Algebra” so‘zi Al Xorazmiyning “Al Jabr va al muqobilah” kitobidan olinib, bu kitobdagi asoslar hozirgi kunda ishlatilmoqda. Musulmon matematiklarining tadqiqot natijalari, algoritmlar va trigonometrik teoremalar Yevropaga 300 yil o‘tgachgina yetib bordi.
#14. Gilam. To‘qimachilik sanoati musulmonlarda juda ilg‘orlab ketgandi. Yevropada esa pollar o‘sha paytlarda namat bilan qoplanardi. Natijada namatlar tagiga axlatlar to‘planib qolardi. Shuning uchun arab va fors gilamlari tez orada ommalashib ketdi.
Abdulla Oripov haqida qiziqarli malumotlar
#15. Uch xil taomli tushlik. Suyuq ovqat, so‘ngra quyuq ovqat va undan keyin meva va shirinlik yeyish tamoyilini 9-asrda Ali ibn Nofiy Iroqdan Kordobaga keltiradi.
#16. Chek. Agar musulmonlar bo‘lmaganida chek degan narsa bo‘lmas edi. “Chek” so‘zi arab tilidagi “saqq” (tovarning pulini to‘lash haqidagi yozma hujjat) degan kalimadan kelib chiqqan. Cheklarga bo‘lgan ehtiyoj katta miqdordagi pullarni olis joylarga yetkazish xatarli bo‘lganidan kelib chiqqan. 9-asrdayoq musulmon tijoratchilar Bag‘dod banklari bergan cheklarni Xitoyda naqdga aylantirib olishardi.
#17. Torpeda va raketalar. Xitoyliklar selitradan porox olishni ixtiro qilishgan bo‘lsada, aynan musulmonlar uni kaliyli selitra bilan tozalab, harbiy maqsadlarda foydalanishni bilishgan. Musulmon bu qurollari bilan xochli yurishdagi risarlarga vahima solishgan. 15 asrga kelib, musulmonlar raketani ixtiro qilishgan va uni “o‘zi harakat qiluvchi va yonuvchi tuxum” deb atashgan.
#18. Yer sayyorasi shar shaklida. 9-asrda ko‘plab musulmon olimlari Yerning shar shaklida ekanligini bilishgan. Astronom Ibn Hazmning so‘ziga ko‘ra “Quyoshning Yerdagi muayyyan nuqtaga doim vertikal joylashishi” buning dalili edi. Bu Galileyning kallasiga kelishidan 500 yil avval bo‘lgandi. Musulmon astronomlarining hisoblari shunchalik aniq ediki, ular ekvator uzunligini aniqlashda 200 kilometrgagina adashishgan.
#19. Bog‘lar. O‘rta asrlarda Yevropada polizlar bo‘lgan. Lekin arablar bog‘ barpo qilib, u yerda dam olishni o‘rgatishgan. Birinchi qirollik bog‘lari 11-asrda musulmon Ispaniyasida paydo bo‘lgan. Chinnigul va lolalar vatani ham musulmon o‘lkalari edi.











Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Avvalambor yordamingiz uchun katta kon raxmat.