Sonlar haqida sara sherlar to‘plami
Sonlar yani raqamlar haqida eng sara sherlar to‘plami kattalar va bolalar uchun.

0 raqamiga sher

Diqqat mening nomim nol,
O’quvchim sen ogoh bo’l.
Yolg’iz tursam yo’qman men,
Sherik bo’lsa to’qman men.
Yozilishim qiyinmas
Dum-dumaloq chizsang bas!
Harflar haqida sherlar to‘plami
1 raqamiga sher

Bir degan sanoq sonman ,
Sanash uchun osonman
Bitta yurak bitta bosh,
Bitta oy, bir quyosh,
Yozishga ham o’ng’ayman,
Qoziqchaga o’xshayman
2 raqamiga sher

Ikki degan nomim bor,
Ikki birdan men tayyor.
Ikki qo’l, ikki oyoq,
Ikki ko’z, ikki quloq,
Nimaga o’xshayman xo’sh
Xuddi ko’ldagi oqqush !
3 raqamiga sher

Uchta birman nomim uch,
Birlashganda bo’lar kuch.
Uchgacha sanayman der,
Shart o’ynagan har bir sher.
Yozish uncha qiyinmas,
Tishlangan ikki kulcha.
4 raqamiga sher

Men to’rt degan raqamman,
Ikki ikkidan jamman.
Bo’lsa ikki juft o’rtoq,
To’rtta ulfat o’sha choq.
Yozishni mashq qil picha,
Bir oyog’i narvoncha !
So‘ngi qo‘ng‘iroq haqida sherlar
5 raqamiga sher

Besh degulik nomim bor,
Raqamlar ichra ilg’or.
Bir-bir qo’shsa anchaman,
Qo’ldagi besh panjaman.
Yaxshi tirish yozmoqqa,
Sal o’xshayman qarmoqqa.
6 raqamiga sher

Beshdan keyin oltiman,
Raqamlarning oldiman.
Ikki uchni qo’shsang bas,
Hech qachon esdan chiqmas .
Yozishni lozim bilmoq
Guyoki oddiy ilmoq
7 raqamiga sher

Mening nomimdir yetti,
Endi demanglar mitti.
Oltidan bitta ko’pman,
Yetti yulduzman to’pman.
Chizginda kichik o’roq,
Beliga boyla belboq.
8 raqamiga sher

Sanamay demang sakkiz,
Ikki to’rtni qo’shsangiz,
Hosil bo’laman shu on,
Yaxshi bilgin ukajon
Yozilishim bil qani,
Tasavvur qil pillani.
9 raqamiga sher

Men to’qqizman to’qqizman,
Sonlar ichra yolg’izman.
Sakkizdan bitta katta,
Bilib qo’ygin albatta.
Yozishni o’rgan asta.
Ilmoqman dumi pastda.











Sonlar haqida sara sherlar to‘plami yaxshi ekan!
Sonlar haqidagi ushbu sherlarni o’qib yaxshi kayfiyat oldim!
Menga juda sonlar haqidagi sherlar yoqdi
Sonlar haqidagi ushbu sherlar ajoyib tarzda yoritilgan. Gap yo’q.
Sonlarga atalgan judayam ajoyib sherlar bor ekanku. Bo’lar ekanku shunaqa malumotlardan qilsa.
Do’stlar shu fikrimga nima deysizlar, sonlar haqida juda zo’r sherlar bor ekan-a?
Ha zo’r ekan. Maslahatim olilar. Boshlang’ich sinf bollari uchun.
Sonlar haqidagi bu sherlar juda ajoyib ekan, biz uchun foydali bo’ldi, menga 7 soniga atalgan sher yoqdi.
Sonlar haqida sher juda chiroyli chiqibdi. Ayniqsa 4 raqami haqidagisi juda chiroyli chiqibdi.
Assalomu aleykum. Qoyil 👍 She’rlaringiz juda zo’r chiqibdi, Ijodingizga OMAD.
Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar
Iqtisodiyot Beznis boshqaruv kasblar orqali til kursi boʻyicha Yevropaga topshirmoqchiman
toʻlovlar naxx faqatgina sizdan iltimos ota ona ga va Ammamga tushuncha beraylik
Juda ham yaxshi ekan. Bolalarga harflar, raqamlar haqidagi she‘rlar oson ekan.
Raqamlar she’ridan juda yaxshi foydalandim. Rahmat!
Zo’r, gap yo’q, Olloh sizdan rozi bo’lsin. Ishlarizga omad.
Zo’r gap yo’q, 10-raqami haqida ham bo’lsa ham yaxshi bo’lardi.
Menga bu sherlar yoqmadi, sababi 10 soniga sher yoʻq ekan.
Assalomu alayko’m. 10 raqamiga sher.
Janob 0 va 1 xonim,
Oila qurdi bo’lib 10,
To’y kunida chiroyli,
Kiyvoldilar toju to’n.
Zo’r she’r bo’libdi menga yoqdi. Agar she’r yozib tursangiz ijodingizga omad tilayman. 👍
Judayam kerakli sherlar bo’libdi, baraka topsin yozgan shoir, sizlargaham rahmat deyman.
Sherlar juda yaxshi hatto menga maqul bõldi .Buhabiba degan inson 10 ga zõr sher yozibdi .Shoir bõlsa bõladi
Sheʼrlar juda ajoyib. Izlab topdim. Rahmat.
Raqamlar haqida bunday qiziqarli she’rlarni o‘qiganim yo‘q edi! Sonlar faqat raqam emas, balki ularda katta ma’no borligini ushbu she’rlar orqali his qildim. O‘qib, matematikaga bo‘lgan qiziqishim yanada oshdi.
Farzandimga raqamlarni o‘rgatish uchun qiziqarli usul izlayotgandim. Bu she’rlar orqali ular sonlarni tezroq yodlashmoqda.
Menga sherlar juda yoqdi hammasi ham zõr
Xamasi zur